Bugun 25 mart şanba kuni YeIga a'zo 27 davlat Rimda taşkilotning 60 yilligiga bağişlangan yubiley sammitini ötkazadi. Unda Brexit jarayoni yakunlangaç, YeIning ustunliklariga doir deklaratsiya imzolanişi kutilmoqda. Imzolaş marosimi Kapitoliy tepaligidagi Konservatorlar saroyida bölib ötadi. 1957 yilda şu yerda YeI asosçilari hisoblanuvçi 6 mamlakat Yagona Yevropa sari qadam taşlagan edi.
Yevroittifoqning qayd etişiça, yubiley sammiti — bu bayram uçraşuvidir. Şu boisdan, uning yakunida Rim deklaratsiyasi qabul qilinadi, xolos. Bu hujjatda YeIning Buyuk Britaniyadan taşqari barça a'zolarining iqtisoddan tortib siyosatgaça bölgan sohalar böyiça ittifoq kelajagiga doir qaraşlari aks etadi.
Ta'kidlanişiça, sammitga tayyorlaniş çoğida YeIning kelgusida integratsiya darajasiga doir masala turli qaraşlarga sabab bölgan. Yevrokomissiya anjumandan 3 hafta avval, Britaniyasiz YeIning kelajagiga doir beş ssenariyni taqdim etdi. Ya'ni:
- hozirgi siyosatni davom ettiriş va muşkul masalalar yuzasidan yeçimni topiş;
- yagona bozorni saqlab qoliş va boşqa masalalarda davlatlarning mustaqil siyosat yuritişiga imkon beriş;
- ayrim mamlakatlarning ba'zi masalalarda –integratsiyasini çuqurlaştirişi bilan hozirgi siyosatni davom ettiriş;
- tanlangan sohalarda a'zo mamlakatlar integratsiyasini çuqurlaştiriş;
- barça masalalarda integratsiyani çuqurlaştirişdir.
Ekspertlar uçinçi qoidani "tezkor Yevropa" deb ataşgan. Uni Fransiya, Germaniya va Benilyuks mamlakatlari (Belgiya, Niderlandiya, Lyuksemburg) ma'qullamoqda. Bu qoida 1997 yilgi Amsterdam şartnomasidan boşlab YeIning barça asosiy hujjatlarida mavjuddir. Aynan şu qoida asosida yevro hududi va Şengen hududi faoliyati yölga qöyilgan. Biroq, Şarqiy Yevropa mamlakatlari, jumladan Çexiya, Polşa, Slovakiya va Vengriya bu qoidani deklaratsiyada yodga qolişga qarşi çiqişdi. Ularning fikriça, mazkur qoida Ğarbiy Yevropa davlatlariga ayrim a'zo davlatlar iştirokisiz ham ular uçun qaror qabul qiliş imkonini beradi.
Rim deklaratsiyasi esa, mazkur masala böyiça yakuniy xulosaga kelinganini körsatişi kerak.
Rim şahri ham sammitga tayyor. Garçi italiyaliklar Yevropaning yirik anjumanlarini taşkil etiş borasida unçalik ham katta tajribaga ega bölmasalar-da, Rim şahridagi xavfsizlik çoralari avvaldan kuçaytirildi. Bu yerda sönggi marotaba, şunday yirik tadbir 2004 yilda YeI yagona konstitutsiyasini imzolaş marosimi munosabati bilan ötkazilgan edi.












