Bugun RF davlat rahbari Vladimir Putinning prezidentlik saylovlarida ğalaba qozonganiga 17 yil töldi. 2000 yil 26 martdagi saylovlar muddatidan avval ötkazilgan, Federatsiya kengaşi Rossiya prezidenti Boris Yeltsinning iste'fosi tufayli şunday qaror qabul qilişiga töğri kelgan. Bu paytga kelib, Putin Rossiya davlat rahbari vazifasining bajaruvçisi hisoblanardi. Yeltsinning qöllab-quvvatlaşi va uning atrofidagilar Putinga yordam berişdi. 2000 yilgi saylovlardagi boşqa nomzodlar orasida RFKPdan Gennadiy Zyuganov, RLDPdan Vladimir Jirinovskiy, "Yabloko"dan Grigoriy Yavlinskiy va mustaqil nomzod Aman Tuleyev kabilar bölgan. Vladimir Putinning saylovlardagi ğalabasi 17 yil ilgari Rossiyada yangi siyosiy davrni boşlab berdi. "Gazeta.ru" naşri 2000 yil 26 martdagi prezidentlik saylovlariga oid fotojamlanmasini taqdim etdi. 

Vladimir Putin Katta Kreml saroyidagi Andreyev zalida bölib ötgan inauguratsiyada qasamyod qilmoqda. Öng tomonda - Rossiyaning birinçi prezidenti Boris Yeltsin, 2000 yilning 7 mayi

Rossiya prezidenti Boris Yeltsin davlat rahbari lavozimini tark etişi haqida e'lon qilib, prezident vazifalarini bajariş vakolatini RF hukumati raisi Vladimir Putinning zimmasiga yukladi. Yeltsin 1999 yilning 31 dekabrida RF prezidenti saylovlari 2000 yilning mart oyi oxirida bölib ötişini e'lon qilgan

2000 yil 26 martidagi saylovlarda RF prezidenti vazifasini bajaruvçi, Rossiya prezidenti lavozimiga nomzod Vladimir Putin va uning saylov ştabi rahbari Dmitriy Medvedev

2000 yilning 26 martida Rossiya prezidentligiga nomzod Vladimir Putin işonçli vakillari bilan uçraşuvda

Rossiya Federatsiyasi Kommunistik partiyasi yetakçisi, RF prezidentligiga nomzod Gennadiy Zyuganov 2000 yil 26 martdagi saylovlarda jurnalistlar orasida