Toşkentda eski hayvonot boği hududida yangi bio-tek, ya'ni bionik uslubdagi istirohat boği qurilmoqda. Bu haqda Afisha.uz xabar berdi. 

12 Ga maydonga ega boğda mavjud bölgan 4000dan ortiq daraxtlarning barçasi saqlab qolingan. Bundan taşqari, boğ ma'muriyati ekinlar va ösimliklar sonini ikki karraga köpaytirişni maqsad qilgan. Ma'lum bölişiça, yana 5000 ösimlik ekilişi közda tutilgan. 

Boğda yaşil tabiat bilan uyğun holda gözal manzaraga guvoh bölasiz. Bu yerda turli sport maşğulotlari bilan şuğullaniş, oq qumli maydonda plyaj voleybolini öynaş mumkin. 

The Tower Mall Management Group kompaniyasi zamonaviy suğoriş tizimini joriy qiladi. Bu esa gazon ustida harakatlaniş xavfsizligini ta'minlab beradi. 
 
Istirohat boğiga kiriş bepul böladi. Yangiça uslubdagi boğ 1 iyun - Xalqaro bolalar kunida oçilişi rejalaştirilgan. 

Işlaş vaqti: 6:00dan - 23:00 gaça