2017 yil 25 mart kuni xalq deputatlari Buxoro viloyati Şofirkon tumani kengaşining navbatdan taşqari sessiyasi bölib ötdi. Bu haqda viloyat hokimligi axborot xizmati xabar bermoqda. 

Sessiyada viloyat hokimi, O‘.Barnoyev sözga çiqib, Şofirkon tumanida sönggi yillarda amalga oşirilgan quriliş, bunyodkorlik, tadbirkorlikni rivojlantiriş, ta'lim va boşqa sohalarda olib borilgan işlarni tanqidiy tahlil etdi. 

Şuningdek viloyat hokimi hududda paxta xom aşyosidan tayyor mahsulotlar işlab çiqariş, qişloq xöjaligi oziq-ovqat mahsulotlotlarini eksportga yönaltiriş, irrigatsiya-melioratsiya işlari sifatini oşiriş, içki yöllarni ta'mirlaş, arzon uylar, ijtimoiy obektlar qurilişi borasida qator amaliy takliflarni bildirdi. Viloyat mutasaddi idora va taşkilotlari rahbarlariga mavjud kamçiliklarni bartaraf etiş yuzasidan tegişli topşiriqlar berildi.

Sessiyada taşkiliy masala körildi. Özbekiston Respublikasining Xususiylaştiriş, monopoliyadan çiqariş va raqobatni rivojlantiriş Davlat qömitasi Buxoro viloyati hududiy boşqarmasi boşliği vazifasini vaqtinça bajaruvçi Furqat Hasanoviç Tursunov tuman hokimi etib saylandi. 

Şu kuni xalq deputatlari Jondor tumani kengaşining ham navbatdan taşqari sessiyasi bölib ötdi. Viloyat hokimi iştirok etgan uşbu yiğilişda öz arizasiga köra vazifasidan ozod etilgan Q.Salomov örniga Sirdaryo viloyati “Paxtasanoat hududiy filiali” mas'uliyati çeklangan jamiyati direktori sifatida faoliyat yuritayotgan Baraka Toliboviç Sattorov tuman hokimi etib saylandi.