Danni Blind Niderlandiya terma jamoasi boş murabbiyi lavozimidan böşatildi. U JÇ-2018 saralaş bosqiçining Bolgariya bilan öyindagi mağlubiyatdan söng işdan haydaldi, deb xabar bermoqda KNVB sayti.

Sofiyadagi «Vasil Levski» stadionida keçgan bahs mezbonlar foydasiga 2:0 hisobida yakunlandi. Fred Grim Niderlaniya termasiga vaqtinçalik boş murabbiy etib tayinlandi.

«Biz töğri yölda edik. Bolgariyadan qabul qilib olingan mağlubiyat – mening aybim. Afsuski, hammasi şunday yakun topdi», - dedi Blind.

Ma'lumot uçun, 55 yoşli Blind Niderlandiya terma jamoasini 2015 yildan beri boşqarib kelayotgandi. Jamoa saralaşning 5 uçraşuvida 7 oçko jamğarib, A guruhida törtinçi örinni egallab turibdi.