Pokiston Afğoniston bilan çegaraning alohida qismlarida devor qura boşladi. Bu haqda Pakistan Observer naşri Pokiston armiyasi matbuot xizmatiga asosan xabar berdi.
Islomobodning Pokiston-Afğoniston çegarasi ma'lum bir qismlarida tösiqlar quriş niyati borligi haqida fevral oyi oxirlarida xabarlar tarqagandi. Bu holat Pokistonda öşa oyning örtalarida yuz bergan bir qança teraktlardan söng röy berdi. Pokiston avval ham çegarada tösiq quriş haqida rejalari borligi ma'lum qilgan, biroq bu har gal amalga oşmay kelardi. Biroq fevralda Pokiston armiyasi röy bergan navbatdagi teraktdan söng, fevraldagi hujumlar Afğoniston hududida yaşiringan terrorçilar körsatmasi bilan amalga oşirilganini ma'lum qildi. Natijada bu davlat bilan çegara Pokiston hududiga jangarilar kirib kelişiga qarşi kuraş doirasida 17 fevral-20 mart kunlari yopib qöyildi.
"Ştab boşliği (general Kamar Javid Bajva) çegarada devorlar quriş boşlangani hamda bu hududga yaqin Bajaur va Möxmand tumanlari xavfsizlikning yuqori tahdidi sabab ustuvor ekanini ma'lum qildi", - deya xabar berişgan armiya matbuot xizmati.
Bajva şanba kuni armiyaning Möxmand hamda Örakzay hududlaridagi çegara punktlariga taşrif buyurib, çegara an'anaviy havo razvedkasidan taşqari maxsus texnik vositalar bilan jihozlanişini aytdi.
Bundan taşqari, uning eslatişiça, Islomobod Kobul bilan hamkorlikda çegara xavfsizligini ta'minlaş böyiça ikki tomonlama mexanizmni işlab çiqişga harakat qilmoqda. Uning ta'kidlaşiça, çegaradagi xavfsizlik har ikki mamlakat manfaatiga xizmat qiladi.












