AQŞ prezidenti Donald Tramp ötgan haftada Vaşingtonda ötgan yopiq uçraşuvda Germaniya kansleri Angela Merkelga NATO xizmatlaridan foydalanganlik uçun tölov hisobi tutqazgan, deya xabar beradi nemis hukumatidagi manbalarga asoslanib The Sunday Times. 

Xabarga köra, AQŞ yetakçisi Germaniyani himoya qiliş uçun Berlinning NATO oldidagi qarzi miqdorini 375 milliard dollarga baholagan.

Nomini oşkor etişni istamagan nemis vazirlaridan biri uşbu qoğozni "kişining ğazabini keltiruvçi" deya baholagan. "Bunday talablar ikkinçi tomonni qörqitiş uçun ilgari suriladi, biroq kanslerimiz buni xotirjam qabul qildi va iğvolarga javob bermoqçi emas", — degan u.

Tramp va Merkelning ilk uçraşuvi Oq uyda 17 mart kuni bölib ötgan edi. Ertasi kuni AQŞ prezidenti Germaniya kansleri bilan muzokaralar a'lo darajada ötganini ta'kidlab, ortidan Germaniya himoyalaniş uçun NATO oldida "katta miqdorda" qarzdor bölib qolganini qöşimça qilgan edi.

Ilgariroq, Tramp NATOga a'zo davlatlar alyansni moliyalaştiriş böyiça majburiyatlarini töliq bajarmayotganligidan — mudofaa maqsadlari uçun oldindan kelişilgan summa — YaIMining 2 foizini ötkazmayotganidan norozilik bildirgandi.