Joriy yilning 25 mart kuni Özbekiston Respublikasi Qizil kitobi va Tabiat muhofazasi xalqaro uyuşmasiga kiritilgan 19 ta loçin Toşkent viloyati hududida tabiat qöyniga qöyib yuboriş tadbiri bölib ötdi. Tadbir Özbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qiliş davlat qömitasi hamda “Tugan Falconry Club” jamiyati tasarrufidagi yovvoyi va noyob quşlarni saqlaş va köpaytirişga ixtisoslaşgan buyurtmaxona taşabbusi bilan taşkil etildi, deb xabar bermoqda Özbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qiliş davlat qömitasi axborot xizmati

Unda, Tabiatni muhofaza qiliş davlat qömitasi mas'ullari, Özbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining ösimlik va hayvonot dunyosi genofondi instituti, “Davbionazorat” inspeksiyasi, “Tugan Falconry Club” jamiyati tasarrufidagi yovvoyi va noyob quşlarni saqlaş va köpaytirişga ixtisoslaşgan buyurtmaxona xodimlari, ornitologlar hamda OAV vakillari iştirok etdi.

2016 yilning avgust oyida loçinlar turiga kiruvçi – itolği loçin quşlari brakonerlardan tortib olindi va muhofaza uçun “Davbionazorat” inspeksiyasiga topşirildi.

Quşlarni topşiriş vaqtida ösimlik va hayvonot dunyosi genofondi instituti mutaxassislari tekşiruvdan ötkazişgan. Tekşiruv natijalariga köra ularning ahvoli qoniqarsiz deb topilgan.  Şu bois, ularni tabiat qöyniga qöyib yuboriş, ularning hayotini xavf ostiga qöyiş bilan barobar ekanligi ta'kidlangandi.