Parij şahri ma'muriyati Eyfel minorasi yonida öq ötkazmaydigan şişali tösiqlarni örnatmoqçi. U piyodalar ustiga avtomobilda bostirib borişning oldini olişda ham yordam beradi, deb yozmoqda Figaro gazetasi.

Ma'lumotlarga köra, şişali tösiqlar Eyfel minorasining ikki tomonida örnatiladi, kiriş-çiqiş eşiklari hamda köplab nazorat punktlari bölgan boşqa tomonda esa metall panjaralar joylaştiriladi. Parij ma'muriyati fikriça, xavfsizlikni oşirişning şunday usuli “oddiy tösiqlardan ança çiroyliroq körinadi”. Ta'kidlanişiça, bu çora “terrorçilikning yuqori tahdidi” sabab köriladi.

Tösiqlar qiymati 20 million yevroga baholanmoqda, ularni örnatiş 2018 yilning örtalarida yakunlanadi.

Xabarlarga köra, Parij şahri ma'muriyati qarori Londonda ötgan haftada yuz bergan terakt fonida qabul qilindi.