Buyuk Britaniyaning Yevropa Ittifoqidan çiqişi blok byudjyeti jahonning eng kuçli iqtisodiyotlaridan biridan keladigan a'zolik badalidan mahrum bölişiga olib keladi. Hozirça, Buyuk Britaniya yana qança vaqt öz uluşini tölab turişi va YeI Brexit tölaqonli amalga oşgaç, bu böşliqni nima bilan töldirişi haqidagi savol oçiq.
Birlaşgan Qirollik hokimiyati tark etiş vaqtida 60 mlrd. yevroni tölamasligini ta'kidlab bölgan. Yevropa ittifoqi yevrotizimlarda işlagan britaniyalik xodimlarning pensiyasi va moliyalaştirilişi ma'qullanib bölingan mahalliy loyihalar uçun hisob taqdim etib, şu summani körsatib ötgan.
Bir vaqtning özida ayrim a'zo-davlatlar Bryusselga e'tiroz bildirib, Buyuk Britaniya ittifoqni tark etgaç, öz a'zolik badallarini oşirmasliklari töğrisida ogohlantirişgan.
Biz Buyuk Brritaniyaning YeI byudjyetidagi uluşi qança ekanligi va u blokni tark etgaç boşqa davlatlar nima qilişi mumkinligini örgandik.
Buyuk Britaniya — Yevropa byudjyetining asosiy homiylaridan biri
2014 yilda uning byudjyetga qöşgan uluşi Germaniya, Fransiya va Italiyanikidan söng törtinçi bölgan va umumiy hisobda 11,34 mlrd. yevroni taşkil etgan (jami byudjyet 116.53 mlrd. yevro).
2015 yilda bu raqam 18,20 mlrd. yevroga yetgan (jami byudjyet 118.60 mlrd. yevro).

Yevropa qonunçilari uçun tayyorlangan va CNBC ixtiyoriga kelib tuşgan ma'lumotnomada şunday deyiladi:
«2015 yilda Buyuk Britaniya YeI byudjyetiga kattaligi böyiça Germaniya va Fransiyadan söng uçinçi netto-tölovçi bölgan. Öşa yilning özida u absolyut raqamlarda YeI xarajatlarini gardaniga olgan oltinçi davlat bölgan, lekin uning xarajatlardagi uluşi yalpi milliy mahsulotga nisbatan foizlarga nisbatan olinganda eng past bölgan va 0,3 foizni taşkil etgan xolos».

Yevropa byudjyetining pullari qayoqqa ketayapti?
Buyuk Britaniya Yevropa subsidiyalarining katta qismini qişloq xöjaligi va hududlarini rivojlantirişga sarflaydi.












