JARda aparteidga (irqiy ayirmaçilikka) qarşi kuraşgan va Nelston Mandelaning safdoşi bölgan Ahmad Katrada 87 yoşida vafot etdi. Bu haqda Ahmed Kathrada Foundation jamğarmasi saytida xabar berilgan.
"Ahmad Katrada jamğarmasi Afrika milliy kongressi faxriysi bugun Yoxannesburgdagi Donald Gordon Hospital kasalxonasida hayotdan köz yumganini xabar qiladi", - deyilgan bayonotda.
Ma'lumotlarga köra, huquq himoyaçisi boş miyada ötkazilgan jarrohlik amaliyotidan keyin paydo bölgan qisqa muddatli kasallikdan söng vafot etgan.
Ahmed Katrada taniqli huquq himoyaçisi hamda JARda aparteid bilan kuraşgan şaxs edi. 1963 yilda u Nelson Mandela va boşqa faollar bilan hukumatni zöravonlik bilan töntarişda ayblanib umrbod ozodlikdan mahrum etilgandi. U umumiy hisobda 18 yil qamoqda ötirdi, şundan söng huquq himoyasi va siyosat bilan şuğullana boşladi.












