Peugeot avtomobilsozlik kompaniyasi 3008 modeldagi krossoverining sport versiyasini yaratmoqçi. Bu haqda Auto Express naşriga kompaniyaning mahsulot böyiça direktori Loran Blanş ma'lum qildi. Uning aytişiça, yangi maşina 300 ot kuçiga ega dvigatel bilan jihozlanadi. Şu tariqa, 3008 gibridi fransuz kompaniyasi tarixidagi eng kuçli krossoverga aylanadi. Maşina 2019 yildan keyin seriyali işlab çiqarila boşlanadi.

Blanşning aytişiça, modelning gibrid kuç qurilmasi tarkibiga elektromotor va 1,6 litrli benzin dvigateli kiradi. Maşina joyidan 100 km/soatgaça 6 soniyadan kamroq vaqt içida tezlaşa oladi, maksimal tezligi esa soatiga 240 km ni taşkil qiladi.

Peugeot 3008 modeli joriy yilda "Yevropaning yil avtomobili" tanlovida ğolib böldi. Frantsuz avtomobilidan taşqari, uşbu unvonga Alfa Romeo Giulia, Citroen C3, Mercedes E-Slass, Nissan Micra, Toyota C-HR, Volvo S90 va V90 modellari da'vogarlik qilgandi.

Avtomobil birinçi marta 2016 yil sentabrda Parijdagi avtosalonda namoyiş qilingandi. Peugeot 3008 tubi bilan yöl orasidagi farq 230 mm gaça oşirilgan, biroq u birorta ham komplektatsiyasida töliq privod bilan ta'minlanmaydi. Uning örniga tanlangan harakatlaniş rejimiga muvofiq old ğildiraklardagi tortişni özgartiruvçi Grip elektron tizimi taklif qilinadi.