Özbekiston Respublikasi va Polşa Respublikasi örtasida diplomatik munosabatlar örnatilganining 25 yilligi munosabati bilan Polşa Prezidenti Anjyey Duda Özbekiston Prezidenti Şavkat Mirziyoyevga tabrik yöllagan. Tabrik matni ÖzA tomonidan keltirilgan.

Polşa Prezidenti qutlovida bunday deyiladi: "Mamlakatlarimiz örtasida samarali munosabatlar yölga qöyilganini mamnuniyat bilan ta'kidlamoqçiman. Polşa Özbekistonni Yevroosiyo mintaqasidagi muhim şerik, deb biladi va mustaqillik yillarida Özbekiston erişgan ulkan yutuqlarni hurmat qiladi. Sizning rahnamoligingizda Özbekistonning yaqin qöşnilari bilan aloqalar böyiça amalga oşirilayotgan yangiça siyosatni diqqat bilan kuzatib bormoqdamiz. Bunday yaqin qöşniçilik siyosati Markaziy Osiyo mintaqasidagi barqarorlikni yanada mustahkamlaşda muhim ahamiyatga ega".

Prezident Anjyey Duda Polşada ikki tomonlama iqtisodiy munosabatlarni rivojlantirişga katta e'tibor qaratilayotganini va bu borada ulkan imkoniyatlar mavjudligini ta'kidlagan.

Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev qutlovida "Ötgan davrda ikki davlat örtasida mustahkam döstlik va özaro anglaşuv an'analariga asoslangan amaliy munosabatlar örnatilgan"i alohida ta'kidlangan.

Davlatimiz rahbari "Özbekiston Polşa bilan siyosiy-diplomatik, madaniy-gumanitar sohalarda özaro manfaatli amaliy hamkorlikni yanada kengaytiriş,  savdo, qişloq xöjaligi, investitsiya va innovatsiyalar, turizm hamda boşqa köplab yönalişlar böyiça aniq dastur va loyihalarni amalga oşiriş tarafdori" ekanini qayd etgan.

Özbekiston Prezidenti mamlakatlarimiz bundan buyon ham "Özbekiston bilan Polşa örtasidagi munosabatlarni çuqurlaştiriş, özaro hurmat, teng huquqlilik va işonç prinsiplari asosida yanada mustahkamlaş borasida hamkorlikni davom ettirişi"ga işonç bildirgan.