Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev joylarda amalga oşirilayotgan bunyodkorlik işlari, olib borilayotgan islohotlar jarayoni, yirik loyihalar bilan tanişiş va xalq bilan muloqot qiliş maqsadida 28 mart kuni Navoiy viloyatiga keldi. Bu haqda ÖzA xabar bergan.

Mustaqillik yillarida Birinçi Prezidentimiz rahnamoligida Navoiy viloyatida betimsol bunyodkorlik işlari amalga oşirildi. Navoiy viloyati haqida gap ketganda, avvalo, uning mehnatkaş xalqi, yer osti va yer usti boyliklari, ulkan iqtisodiy salohiyati köz oldimizda namoyon böladi. Mamlakatimizning yirik sanoat hududi hisoblangan uşbu viloyatda konçilik, metallurgiya, kimyo, energetika, quriliş materiallari, paxta tozalaş, oziq-ovqat sanoati izçil rivojlanmoqda. 

Hozirgi kunda viloyatda 17 yirik sanoat korxonasi faoliyat körsatmoqda. Navoiy kon-metallurgiya kombinati, “Navoiyazot”, “Qizilqumsement”, “Navoiy issiqlik elektr stansiyasi” aksiyadorlik jamiyatlari va “Elektrkimyozavodi” qöşma korxonasi şular jumlasidandir. “Navoiy” erkin iqtisodiy zonasida 18 korxona faoliyati samarali yölga qöyilgan bölib, ular tomonidan 100 dan ortiq turdagi raqobatbardoş mahsulotlar işlab çiqarilmoqda. 

2016 yilda viloyatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantiriş borasida amalga oşirilgan izçil işlar samarasida yalpi hududiy mahsulot hajmi 10 trillion 5 milliard sömni taşkil etdi. Sanoat mahsulotlari işlab çiqariş ötgan yilga nisbatan 5,9 foiz, jumladan, hududiy sanoat mahsulotlari 15,4 foiz, xalq iste'moli mollari 12, qişloq xöjaligi mahsulotlari yetiştiriş 7,1, quriliş işlari 9,3, çakana savdo aylanmasi 15,1, umumiy xizmatlar 15,5 foizga oşdi. 

Viloyatda ötgan yili 866 yangi kiçik biznes sub'yekti taşkil etildi. Kiçik biznes sub'yektlarini qöllab-quvvatlaş maqsadida 611,9 milliard söm kredit ajratildi. 2,8 trillion söm kapital qöyilmalar özlaştirildi. Viloyatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantiriş dasturi doirasida umumiy qiymati 229 milliard sömlikdan ortiq loyihalar amalga oşirilib, 9 ming 500 dan ziyod yangi iş örni yaratildi. 

Davlatimiz rahbari özining saylovoldi dasturida Navoiy viloyatini rivojlantiriş böyiça ulkan rejalarni bayon etgan edi. Prezidentimiz Navoiy viloyatiga taşrifi davomida ana şu rejalar ijrosi, amalga oşirilayotgan bunyodkorlik işlari, istiqbolli loyihalar bilan tanişiş va xalq bilan bevosita muloqot qiliş közda tutilgan.