Reddit’ning shadeogreen taxallusi ostidagi foydalanuvçisi özining qizi tasvirlangan videoni taqdim etdi. Reyna ismli qizça işdan çiqqan suv isitiş qurilmasini robot deb qabul qilgan.
Aftidan, qizça tepada örnatilgan ventilyator tufayli xato fikrga borgan hamda uni közlar deb öylagan. Reyna “robot” bilan salomlaşişga urindi, biroq u heç qanday javob qaytarmadi. Şunda qizça suv isitiş qurilmasining yon tomonini quçoqlab, ikki bora “Men seni yaxşi köraman, vobot!” deb aytdi.
“Skynet bizga hujum qilganida, ularga şu videoni körsating”, - deya yozdi foydalanuvçilardan biri.











