Argentinaning “River Pleyt” jamoasi futbolçilari ijtimoiy tarmoq “qahramonlariga” aylanişdi. “Belgrano” klubiga qarşi keçgan bahsda jamoaning tört nafar futbolçisi darvozabon bilan yakkama-yakka çiqib, töp kirita olmadi.

"River Pleyt" öyinçilari tezkor qarşi hujum ötkazişdi, uning yakuniy holatida tört nafar öyinçi darvozabon bilan yakkama-yakka vaziyatga çiqdi. Ammo “millionerlar” hujumçisi Tomas Andrade böş turgan darvozaga töpni aniq yöllay olmadi hamda himoyalanayotgan jamoa golkiperi uni bir amallab qaytarib yubordi.

“River Pleyt” uşbu vaziyatdagi omadsizlikka qaramay,  2:1 hisobida ğalaba qozondi hamda Argentina çempionatining oltinçi örnini egallab turibdi.