AQŞ Kongressi senati seşanba kungi yiğiliş vaqtida Çernogoriyaning NATOga kirişi haqidagi bayonnomani ratifikatsiya qildi. Buning uçun palataning 97 nafar a'zosi ovoz bergan.

“1949 yilgi Şimoliy Atlantika kelişuviga Çernogoriyani qabul qiliş haqidagi bayonnoma ratifikatsiyasi haqidagi rezolyutsiya ma'qullandi", - deya aytib ötdi yiğilişda raislik qilgan respublikaçdi-senator Ron Jonson.

Çernogoriya alyansning 2009 yil dekabr oyidagi yiğilişida blokka a'zolik uçun harakatlar rejasini qabul qilib olgandi. 2010 yilda muzokaralar boşlandi, 2016 yilning mayida ular taşkilotga kiriş haqidagi bayonnoma imzolanişi bilan öz yakuniga yetdi. Şundan söng respublika kuzatuvçi maqomini oldi. 

Uşbu bayonnoma alyansning barça davlatlari hamda Çernogoriya tomonidan ratifikatsiya qilingaç, davlat NATOning 29 a'zosiga aylanadi. Hozirça bayonnoma taşkilotning 24 mamlakati tomonidan ratifikatsiya qilingan.

Ratifikatsiyaga ikki nafar respublikaçi-senator faol ravişda qarşilik körsatdi - Rend Pol va Maykl Li. Pol hattoki bayonnoma ratifikatsiyasi böyiça ovoz berişni yengillaştirilgan tartibda ötkazişni tösib qöydi. "Agarda Ukraina va Gruziya NATO a'zolari bölganda, biz hozirda Rossiya bilan jahon uruşida iştirok etayotgan bölardik", - deya ta'kidlab ötdi Pol.

Ma'lumot uçun, Sobiq Ittifoq parçalanib ketganidan söng NATO a'zosiga 12 davlat aylandi: 1999 yilda - Vengriya, Polşa hamda Çexiya, 2004 yili - Bolgariya, Latviya, Litva, Ruminiya, Slovakiya, Sloveniya va Estoniya, 2009 yilda - Albaniya va Xorvatiya. Ayni damda Şimoliy Atlantika kelişuvi taşkiloti 28 davlatni öz içiga qamrab oladi hamda oçik eşiklar siyosati davom ettirilmoqda. Makedoniya NATOga a'zo bölişga nomzod sifatida körilmoqda, bundan taşqari, 2008 yilgi NATOning Buxarestdagi yiğilişida blokka Gruziya va Ukrainani qöşiş haqidagi dasturni boşlaş haqida qaror qabul qilindi.