Xitoyning Çjetszyan provinsiyasidagi Xançjou şahri hukumati böydoqlar va ajraşganlarga ikkinçi kvartira xarid qilişni taqiqladi. Bu haqida Xitoy xalqaro radiosi (CRI) xabar berdi. 

Ta'kidlanişiça, bunday çora uy-joy bozoridagi "nayranglar"ning oldini oliş maqsadida qabul qilingan. Bundan taşqari, boşqa toifadagi kişilar uçun şaharda ikkinçi uy-joyni xarid qilişda dastlabki tölov öz narxidan 60 foizga oşirilgan. Korporativ mijozlar esa köçmas mulkni qölga kiritgan vaqtdan boşlab uç yil davomida uni sotiş huquqiga ega emaslar. 

Xitoy xalqaro radiosining xabar berişiça, ilgari ajraşgan şaxslar uy-joy xarid qiliş va uni sotişda soliq tölaşdan ozod bölişgan. Şu munosabat bilan köplab fuqarolar köçmas mulk operatsiyalarini amalga oşiriş uçun fiktiv ajrimlarni rasmiylaştirişar, keyin esa qayta oila qurişardi. 

Manbada ta'kidlanişiça, yanvar-fevral oylarida XXR quriliş sektoriga kiritilgan sarmoyalar 8,9 foizga, sotuvlar esa - 26 foizga ösgan, şu bois mamlakat hukumati uy-joy va tijorat maydonlari narxining oşişidan xavfsiramoqda.