Hyperloop One rahbari Şervin Pişevar jurnalistlarga kompaniyaning yaqin yillardagi rejalarini taniştirib ötdi. Jumladan, u 2020 yilga kelib, kompaniya yuk taşişlarni amalga oşirişi, keyinroq esa yölovçilarni taşişini aytib ötdi.  

Pişevarning qayd etişiça, joriy yilda kompaniya muhandislari yangi transport tizimini sinovdan ötkazişni rejalaştirmoqda. Uning sözlariga köra, Hyperloop One filiallari oçilganida muammo tuğilmaydi. Kompaniya dunyo böylab köplab mamlakatlar hukumati bilan şartnomalar imzoladi. Dastlabki savdo tugunlaridan biri Dubayda quriladi.  

Hyperloop One kapsulasida sayohat qiliş yölovçi uçun odatiy tezyurar poyezdga nisbatan ança arzonga tuşadi. Şuningdek, u vaqtni ham yaxşigina tejaydi. 

Pişevar ta'kidlaşiça, ekologik tozalik — Hyperloop'ning yana bir xususiyatidir. U kelgusida bu kabi transport vositasi dengizdagi yuk taşuvçilar örnini bosişi va yuklarni tezroq hamda arzonroq yetkazişda yaqindan yordam berişiga işonmoqda. Şu bilan birga Hyperloop okean ifloslanişini oldini oladi. 

Hyperloop transport tizimi ulkan quvur bölib, uning içidagi vakumda yuqori tezlikda harakatlanuvçi  yuk taşiş va yölovçi kapsulalari joylaşadi.