Indoneziyadagi qişloqlardan birining aholisi palma yoğini yiqqani ketib, bedarak yöqolgan hamqişloğini qidiriş vaqtida uning jasadini 7 metrlik böğma ilon içida aniqladi.

Ilon yöqolib qolgan 25 yoşli Akbar Salubironing uyi hovlisida aniqlangan. Marhumning tanişlari uning jasadini ilon içidan çiqarib oliş uçun ilonning qornini yorişgan. Guvohlarning aytişiça, ular bir kun avval qurbonning uyi yaqinida qandaydir hayqiriq ovozlarini eşitişgan. Körinişiça, ilon yigitni böğib, keyin uni yutib yuborgan, deb yozmoqda Daily Mail naşri.

Ta'kidlanişiça, Indoneziyada böğma ilonlar boşpanasiz yoki mast holda köçada uyquga ketgan odamlarni yutib yuboradigan holatlar uçrab turadi.