Respublikamizning har bir hududida, olis qişloq va mahallalarda mehr-muruvvat tadbirlari keng miqyosda davom ettirilmoqda. Kömakka muhtoj, kam ta'minlangan xonadonlarga taşrif uyuştirilib, muammolar örganilmoqda, odamlarni öylantirib kelayotgan masalalar öz vaqtida hal etilib, moddiy yordamlar körsatilmoqda. Bu haqda Din işlari böyiça qömita Axborot xizmati xabar bermoqda.
Jizzax viloyati hokimligining Jamoat va diniy taşkilotlar bilan aloqalar böyiça kotibiyati, Özbekiston musulmonlari idorasining viloyat vakilligi tomonidan tuman va şaharlar markazidan olis hududda istiqomat qiluvçi xonadonlar borib örganildi. Jizzax viloyati hokimligi joylarda aniqlangan kamçiliklarni qisqa muddatlarda hal etiş böyiça barça zarur çoralarni körmoqda. Xususan, Ğallaorol va Zarbdor tumanidagi ana şunday xonadonlarga zamonaviy tikuv maşinalari, oziq-ovqat mahsulotlari hadya qilindi.
«Eng muhimi, odamlar doimiy e'tiborda ekanligini his etmoqda, ertangi kunga işonçi tobora ortib bormoqda», deydi Jizzax viloyati boş imom-xatibi Mehmonali Jabborov. «Saxovat körsatiş, odamlar oğirini yengil qiliş muqaddas dinimiz körsatmasi. Kim bu tartibni hayotining şiori qilib olsa, Alloh taoloning rizoligini topadi. Abu Hurayra (r.a.)dan rivoyat qilingan hadisi şarifda Nabiy (a.s.) şunday marhamat qilganlar: «Kim biror mömindan dunyo qiyinçiliklaridan birini aritsa, Alloh undan oxirat maşaqqatlaridan birini aritadi».















