Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
KONKAKAF. AQSh 4 o‘yindan 4 ochko olib, 4-o‘rinda (turnir jadvali)
AQSh JCh-2018 saralashining Shimoliy Amerika mintaqasida 4-turni Panamaga qarshi safarda o‘tkazdi.
40-daqiqada Klint Dempsi mehmonlarni oldinga boshlagandi, 44-daqiqada Gabriel Gomes hisobni tenglashtirdi.
Endilikda AQSh terma jamoasi 4 uchrashuvda 4 ochko jamg‘argan holda 4-o‘rinda bormoqda. Panama 5 ochko bilan uchinchi o‘rinda va bu o‘rin mundialga to‘g‘ridan-to‘g‘ri yo‘llanma beradi.
Meksika esa 4-turni Trinidad va Tobagoga qarshi o‘tkazib, 58-daqiqada Diyego Reyyes urgan gol evaziga g‘olib chiqdi.
Boshqa bir uchrashuvda Honduras va Kosta-Rika jamoalari 1:1 hisobini qayd etdi. Hujumchi Entoni Losanoning goliga kosta-rikaliklardan himoyachi Kendal Uoston aniq zarba bilan javob qaytardi.
Meksika saralash bosqichi turnir jadvalida 10 ochko bilan yetakchilik qilmoqda hamda Kosta-Rikani 3 ballga ortda qoldirmoqda. Honduras (4 ochko) – to‘rtinchi, Trinidad va Tobago terma jamoasi (3) – oltinchi pog‘onada.
Qayd etish kerakki, ushbu mintaqada to‘rtinchi o‘rin sohibi o‘tish o‘yinida Osiyoga qarshi o‘ynaydi.

Mavzuga oid
15:47 / 13.01.2026
Kiper: Rossiya Panama va San-Marino bayroqlari ostidagi kemalarga hujum qildi
20:32 / 11.11.2025
O‘zbekiston o‘smirlari Panamaga 6 ta gol urdi
12:16 / 06.11.2025
O‘zbekiston JSTga qo‘shilish bo‘yicha Kanada va Panama bilan muzokaralarni yakunladi
15:28 / 11.05.2025