Xorijiy tillarni o‘rganishning erta-kechi yo‘q. Muhimi, bu borada dadil qaror qabul qilib, til o‘rganish yo‘lida katta yordam bera oladigan malakali o‘qituvchi-murabbiylarni topishdir.

Xuddi shunday o‘quv markazlardan biri — Opal English bo‘lib, u yerda IELTS natijasi kamida 8 ball bo‘lgan o‘qituvchilar dars o‘tadi. Markaz ish boshlaganiga unchalik ko‘p bo‘lmadi, ammo o‘quvchilari allaqachon IELTS’dan 7-8 ball natija qayd etib ulgurishdi.

Amirbek Kadamov, 7 ball:

«Opal English’da o‘qishdan oldin mustaqil tayyorlanib IELTS imtihonidan 6 ball olganman. Ushbu o‘quv markazida IELTS’ga 1 oy davomida tayyorlandim va o‘z natijamni 7 ballga yaxshilashni uddaladim».

Go‘zal Jamalova, 7,5 ball:

«Opal English’da o‘qishdan oldin mustaqil tayyorlanganman, faqat boshlang‘ich bilimim bo‘lgan, biroq IELTS haqida tushunchaga ega bo‘lmaganman.

Opal English’da boshlang‘ich ikki oylik ingliz tilini o‘rganib, so‘ng yana uch oy davomida IELTS imtihoniga tayyorlandim va 7,5 ball natija qayd etdim».

Anvar Axmadjonov, 8 ball:

«Opal English’da o‘qishdan oldin ozroq bilimim bor edi. U yerga o‘qish uchun borganimda, men bilan suhbat o‘tkazishdi va maxsus IELTS guruhida o‘qishga tavsiya qilishdi.

Opal English’da besh oy davomida tayyorlanib IELTS imtihonida 8 ballni qo‘lga kiritdim. Opal English bu borada menga katta yordam berdi. Men bu yerda o‘qiganimdan xursandman. Agar boshqa joyda o‘qiganimda, bu yerdagidek muhitni topa olmasdim. Barcha o‘qituvchilarga va o‘quv markazi rahbariga o‘z minnatdorchiligimni bildiraman».