«Bu islohotlarimizga berilgan baho» – prezident Rossiyadan qaytgan ayol bilan suhbati haqida
Shavkat Mirziyoyev Andijonga tashrif vaqtida koʻp yillar Rossiyada ishlagan, keyin Oʻzbekistonga qaytib, yaxshiroq daromad qilayotgan, farzandlaridan birini oʻqishga kiritganini aytib bergan ayol bilan suhbati haqida gapirdi.
«Oddiy bir ayol koʻzyoshi bilan: «Janob prezident, Rossiyada ishlab yurganman, necha yillardan beri. Ikki nafar farzandim bor, ona boʻlib oʻzim tarbiyalayapman», dedi. Uning koʻzida nur bor edi. Menga aytgan birinchi gapi – «Bu yerda daromadim ancha yuqori», degani boʻldi», – dedi davlat rahbari.
Prezident yana bir jihat oʻzini xursand qilganini aytib, ayolning ikki farzandidan biri bu yil Andijon davlat tibbiyot institutiga oʻqishga kirganini taʼkidladi.
«Men undan: «Besh yil oldin farzandingiz oʻqishga kirishiga ishonarmidingiz?» deb soʻradim. Butun zal «Hech qachon bunday boʻlmagan», deb javob berdi. Bu islohotlarimizga berilgan xalqning bahosi emasmi?» – dedi Shavkat Mirziyoyev.
Toshkentda plastik, shisha va alyuminiy idish qabul qiluvchi fandomat oʻrnatildi
Plastik, shisha va alyuminiy ichimlik idishlarini alohida yigʻish va qayta ishlashga topshirishni ragʻbatlantiruvchi pilot loyiha ishga tushirildi. Bu haqda Chiqindilarni boshqarish va sirkulyar iqtisodiyotni rivojlantirish agentligi xabar berdi.
Loyiha agentlik hamda Norvegiyaning chiqindilarni avtomatik yigʻish va saralash texnologiyalari bilan shugʻullanuvchi TOMRA kompaniyasi hamkorligida amalga oshirilmoqda.
Aholi plastik, shisha va alyuminiy ichimlik idishlarini maxsus fandomatga topshirib, har bir idish uchun 150 soʻm olishi mumkin (idish pachaqlanmagan, boʻsh va maksimal uch litrli oʻlchamda boʻlishi zarur). Mablagʻ Click elektron hamyoniga oʻtkazib beriladi.
5 kilogacha baliq ovlash bepulligicha qoladi - rasmiy izoh
Ijtimoiy tarmoqlarda «Fishermen ID» tizimi joriy etilishi ortidan havaskor baliq ovlash pulli boʻlishi haqida xabarlar tarqaldi. Qonunchilikka koʻra, umumiy foydalanishdagi suv havzalarida taqiqlanmagan qurol va usullar yordamida 5 kggacha baliqni bepul ovlash mumkin. Bu imkoniyat bekor etilmaydi va pulli qilinmaydi, deb
















