Abituriyentlar uchun ruhiy tayyorgarlik suv va havodek zarur.  Buni 1-avgust imtihonlarida umrida bir bor abituriyent bo‘lib qatnashganlar yaxshi tushunadi.  Negaki, bilim darajasi yuqori bo‘lgan abituriyentlar aynan ruhiy tayyorgarlikka yetarlicha e'tibor bermaganliklari sababli  kerakli natijaga erisha olmaganlarini tahlillar tasdiqlagan. 

Toshkent shahrida faoliyat olib borayotgan “Registon” o‘quv markazi turli fanlardan abituriyentlarni har yili muvaffaqiyatli ravishda tayyorlab keladi. O‘quv markazida faoliyat olib borayotgan malakali ustozlarning  ko‘p yillik tajribalaridan kelib chiqib imtihon topshiruvchilar uchun ruhiy tayyorgarlik tizimi ishlab chiqilgan. Bu tizimga ko‘ra ruhiy tayyorgarlik ikki bosqichda olib boriladi:
1.    O‘qish jarayonida barcha fanlarni mukammal o‘zlashtirish uchun kerakli ruhiy quvvatni qanday olish mumkinligi haqida.
2.    Imtihon jarayonida abituriyent o‘z bilimidan mukammal foydalanib kerakli natijaga erishishi haqida.

“Registon” o‘quv markazida tashkil etilayotgan psixologik treninglarda yuqoridagi ikki omil bo‘yicha ishlar olib boriladi. O‘qish jarayonida fanlarni mukammal o‘zlashtirish uchun quyidagilarga alohida e'tibor beriladi:
•  Abituriyentlar aniq maqsad bilan tayyorgarlik ko‘rishlari shart. Bizning o‘quv markazimizga kelgan abituriyentlarga beriladigan birinchi savol qaysi universitet yoki institutga tayyorlanishlari va qaysi yo‘nalishga topshirishlari bo‘ladi. Agar abituriyent qat'iyat bilan javob bersa, juda yaxshi, xursand bo‘lamiz. Chunki ko‘pincha bu savolga juda mujmal javob olamiz. Agar maqsad aniq bo‘lmasa, uning ota-onasi yoki o‘zining qiziqishlari bilan maqsadlarini aniqlab olishlariga yordam beramiz. Qisqasi, bizning o‘quv markazimizda maqsadi aniq, kelajagini oldindan ko‘ra oladiganlar o‘qishadi.

 O‘quv markaziga yangi kelgan abituriyentning o‘zi tanlagan universitet va institutiga kirishi uning taqdirida keskin burilish yasashini yurakdan tushunishi uchun ustozlar alohida psixologik treninglar tashkillashtirishadi. Bu treninglarda abituriyentning juda katta ishga bel bog‘laganligi, bu davr hayotdagi kurashning boshlanishi ekanligi, bu sinovdan mustaqil o‘tishi kelajakdagi  darajasini belgilashi turli hayotiy misollar va rivoyatlar bilan tushuntiriladi.