30-31 Mart va 1 aprel kunlari Savdo-Sanoat Palatasi, O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta'lim Vazirligi va O‘zbekiston Respublikasi «Kamolot» yoshlar ijtimoiy harakati, «Expocontact» kompaniyasi o‘n ikkinchi xalqaro «Ta'lim va Mutaxassislik» ko‘rgazmasini tashkil etadi.
Ko‘rgazma tashkil qilinadigan manzil: Yoshlar ijod saroyi, Mustaqillik ko‘chasi 2, mo‘ljal «Mustaqillik maydoni» metrosi.
O‘zbekiston Respublikasi va xorijiy mamlakatlar o‘quv yurtlarida, zamonaviy metodikalar asosida ta'lim berishlari bilan tanishtirish, o‘zaro tajriba almashishga ko‘maklashish, shuningdek, yoshlarga va keng ommaga o‘zlarini qiziqtirgan mutaxasisligi buyicha bilim olishlari uchun, o‘quv yurtlarini tanlashga yordam berish ko‘rgazmaning asosiy maqsadi hisoblanadi.
Ko‘rgazmaning vazifalari:
- O‘zbekiston Respublikasi va xorijiy mamlakatlar o‘quv yurtlarida qaysi mutaxasisliklar bo‘yicha ta'lim olishning imkoniyatlari borligi haqida ma'lumot berish;
- Yoshlarda mutaxasislik tanlashga qiziqtirish uyg‘otish va shu sohada ta'lim olishga jalb etish;
- Ikkinchi kasb-hunar o‘rganish yoki o‘z kasbi bo‘yicha malakasini oshirish istagida bo‘lgan shaxslarga ta'lim olish uchun o‘quv yurtini topishga yordam berish;
- O‘quv yurtlarini jihozlash uchun ishlab chiqarilgan, texnik vositalar, o‘quv-metodologik adabiyotlar, mebel-jihozlar va kompyuterlashtirishning eng oxirgi yutuqlari bilan tanishtirish.
Ko‘rgazmaning asosiy yunalishlari:
- Oliy o‘quv yurtlari;
- O‘rta maxsus ta'lim muassasalari;
- O‘quv markazlari;
- Malakani oshirish institutlari;
- Xususiy maktablar, til markazlari;
Ko‘rgazmaning yordamchi yo‘nalishlari:
- Ta'lim muassasalari uchun dasturlar;
- Ta'limdagi informatsion texnologiyalar;
- O‘quv qo‘llanmalar;
- O‘quv mebeli va kantselyariya jihozlari;
- Sport jihozlari.
Ko‘rgazmaga tashrif buyuruvchilar – maktab, kollej va litsey o‘quvchilari, abituriyentlar, talabalar, ularning ota-onalari, o‘quv muassasalarining vakillari, shuningdek barcha qiziquvchilar.











