Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qariyb 6 oy davom etadigan xalqaro ko‘rgazmada O‘zbekiston pavilyoni ish boshladi
Qatarda bo‘lib o‘tayotgan “EKSPO Doha-2023” butunjahon ko‘rgazmasida O‘zbekistonda yetishtirilgan 112 turdagi qishloq xo‘jaligi mahsulotlari namoyish etilmoqda.
«Yashil sahro, yanada yaxshi atrof-muhit» shiori ostida o‘tkazilayotgan “EKSPO Doha-2023” butunjahon ko‘rgazmasida ishtirokchi davlatlar milliy pavilyonlarining rasmiy ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda Kun.uz’ga Qishloq xo‘jaligi vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.
Doha shahridagi Al Bidda parkida tashkil qilingan ko‘rgazmada ishtirokchi davlatlar millionlab tashrif buyuruvchilarga o‘z imkoniyat va tashabbuslarini namoyish qilishi kutilyapti.
O‘zbekiston ko‘rgazmada o‘z salohiyatini zamonaviy qishloq xo‘jaligi, texnologiya va innovatsiyalar, ekologik xabardorlik va barqaror rivojlanish mavzularida namoyish etishi belgilangan. Ko‘rgazmada xalqaro, madaniy va oilaviy zonalar, dehqon bozori hamda biologik xilma-xillik muzeyi sayyohlar ixtiyorida bo‘ladi.
Milliy pavilyonda mikroko‘katlar, chorva uchun yashillikdan iborat ozuqa bazasi, bir yilda bir necha marotaba hosil berishi mumkin bo‘lgan gibrid navlar, bog‘dorchilik va meva-sabzavotchilikdagi so‘nggi seleksiya navlari namoyish etilmoqda. Ko‘rgazma uchun 112 turdagi 5 tonna eksportbop va sarxil mahsulotlar olib borilgan. Ayniqsa, poliz ekinlari, dukkakli, quritilgan va ho‘l mevalar, sabzavotlar, ko‘katlar, keng turdagi sanoat mahsulotlari namoyishiga alohida o‘rin berilgan.
Shu bilan birga ilmiy-tadqiqot institutlar tomonidan paxtachilik, g‘allachilik, urug‘chilik, “In vitro” kabi yangi ishlanmalar ham namoyish qilinyapti.
“EKSPO Doha-2023” butunjahon ko‘rgazmasi 2024 yilning 28 martigacha davom etadi.
Oldinroq Qatarga davlat tashrifi bilan borgan prezident Shavkat Mirziyoyev “EKSPO Doha-2023” butunjahon ko‘rgazmasining ochilishida ishtirok etgandi.
Mavzuga oid
11:49
JChda 14-kun. Neymar maydonga qaytdi, Koreya yutqazib qo‘ydi
17:20 / 23.06.2026
Fermerlarni haqoratlagan Muzrabot hokimi hayfsan oldi
21:57 / 22.06.2026
Shavkat Mirziyoyev Qatar amiriga gaz majmuasidagi fojia yuzasidan ta’ziya yo‘lladi
18:11 / 20.06.2026