AQŞ prezidenti Donald Tramp iPhone’dan foydalana boşladi. U Android’dan xavfsizlik nuqtai nazaridan voz keçdi, deb yozmoqda The Verge naşri.
Davlat rahbari ma'muriyatining ijtimoiy tarmoqlar böyiça direktori kiçik Den Skavinoning Twitter’da yozişiça, Tramp “olmali” qurilmani bir neça haftadan beri işlatmoqda. U AQŞning 45-prezidenti tomonidan ijtimoiy tarmoqlarda e'lon qilingan sönggi xabarlar yangi smartfon orqali joylaştirilganini tasdiqladi.
Avvalroq Amerika ma'muriyati rahbari Janubiy Koreyaning Samsung brendiga tegişli qurilmadan foydalanişi sabab köp bora tanqid qilingandi. Fevral oyida ikki nafar senator mudofaa vaziri Jyeyms Mettisga maktub yöllab, unda “eski, himoyalanmagan Android-smartfonni” buzib kiriş oson ekani haqida fikr bildirişdi.
Ma'lumot uçun, Tramp saylovoldi kampaniyasi vaqtida Apple mahsulotlarini boykot qilişga çaqirgandi, sababi korporatsiya FQB murojaati bilan 2015 yilning dekabrida Kaliforniyaning San-Bernandinosida 14 kişini öldirgan va 21 kişiga jarohat yetkazgan terrorçi iPhone’nini buzib kirişdan boş tortdi.
Eslatib ötamiz, AQŞning avvalgi prezidenti Barak Obama dastlab BlackBerry qurilmasidan foydalangan bölsa-da, keyinçalik u ham iPhone’ga ötib olgandi.











