Toşkent şahrida Özbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining töqqizinçi yalpi majlisi oçildi. Majlisda Vazirlar Mahkamasining taklif etilgan a'zolari, vazirliklar va idoralar rahbarlari, boşqa taşkilotlar, ommaviy axborot vositalari vakillari iştirok etdilar. Bu haqda Senat Axborot xizmati xabar bermoqda.

Majlisni Oliy Majlis Senatining Raisi N. Yöldoşev olib bordi.

Senatorlar “Sudlar töğrisida”gi Özbekiston Respublikasi Qonuniga, Özbekiston Respublikasining Fuqarolik protsessual va Xöjalik protsessual kodekslariga özgartiş va qöşimçalar kiritiş haqida”gi Özbekiston Respublikasi Qonunini körib çiqdilar. Qonun Özbekiston Respublikasi Prezidentining 2016 yil 21 oktabrda qabul qilingan “Sud-huquq tizimini yanada isloh qiliş, fuqarolarning huquq va erkinliklarini işonçli himoya qiliş kafolatlarini kuçaytiriş çora-tadbirlari töğrisida”gi hamda 2017 yil 21 fevralda qabul qilingan “Özbekiston Respublikasi sud tizimi tuzilmasini tubdan takomillaştiriş va faoliyati samaradorligini oşiriş çora-tadbirlari töğrisida”gi farmonlariga muvofiq işlab çiqildi.

Senatorlar “Sudlar töğrisida”gi Özbekiston Respublikasi Qonuniga, Fuqarolik protsessual va Xöjalik protsessual kodekslariga kiritilayotgan özgartişlar hamda qöşimçalar yangi tuzilayotgan ma'muriy va iqtisodiy sudlar faoliyatining tegişli huquqiy bazasini yaratişga qaratilganligini ta'kidladilar.

Xususan, Oliy xöjalik sudi va Oliy sudning birlaştirilişi, iqtisodiy sudlar taşkil etilişi, harbiy sudlarning maqomi qayta körib çiqilişi munosabati bilan “Sudlar töğrisida”gi Qonundan xöjalik sudlarining faoliyatini tartibga soluvçi normalar çiqarib taşlanmoqda, okrug harbiy sudlari va harbiy hay'atlar tugatilmoqda.

Oliy sud tuzilmasiga ma'muriy va iqtisodiy işlar böyiça hay'atlar kiritilmoqda, harbiy hay'at bekor qilinmoqda.

Qonunga kiritilgan özgartiş va qöşimçalar ma'muriy sudlar tasarrufidagi iş toifalarini aniq belgilab bermoqda. Bu davlat organlarining, fuqarolar özini özi boşqariş organlarining, şuningdek ular mansabdor şaxslarining ommaviy-huquqiy munosabatlardan kelib çiqadigan harakatlari (qarorlari) yuzasidan şikoyatlar va arizalar bilan boğliq.

Özbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengaşi tuzilişi munosabati bilan “Sudlar töğrisida”gi Qonunga özgartiş va qöşimçalar kiritilmoqda. Uşbu özgartiş va qöşimçalarga muvofiq Kengaş zimmasiga sudlar faoliyatini taşkiliy jihatdan ta'minlaş funksiyalari yuklatilmoqda. Şunday tartib belgilanmoqdaki, unga köra sudya Sudyalar oliy kengaşining xulosasisiz javobgarlikka tortilişi, qamoqqa olinişi mumkin emas. Kengaş Raisiga Oliy sud Plenumi majlislarida iştirok etiş huquqi berilmoqda.