Bugun Toşkent şahar hokimiyatida "Mahalla" xayriya jamoat fondi Toşkent şahar bölimi tomonidan matbuot anjumani ötkazilib, unda sohada amalga oşirilayotgan işlar böyiça hisobot berildi.
Tadbirda iştirok etgan "Kun.uz" muxbirining xabar berişiça, mahalla fuqarolar yiğinlarining mustaqilligini mustahkamlaş, özini özi boşqariş tizimidagi ortiqça böğinlarni bartaraf etiş maqsadida tarkibida mahallalar mavjud bölgan şaharçalar, qişloqlar va ovullar fuqarolar yiğinlarini mahalla fuqarolar yiğinlariga aylantiriş çoralari körilmoqda.
Uşbu dolzarb vazifalar joylarda Qoraqalpoğiston Respublikasi Jöqorği Kengesi, xalq deputatlari viloyat, tuman va şahar Kengaşlari huzuridagi fuqarolar yiğinlari raislari va ularning maslahatçilari saylovini taşkil etiş hamda ötkazişga kömaklaşiş böyiça komissiyalarning va 2016 yilda "Fuqarolar yiğini raisi (oqsoqoli) va uning maslahatçilari saylovi töğrisida"gi qonunning 12- hamda 14-moddalari asosida tuzilgan, fuqarolar yiğini raisi hamda maslahatçilarining keyingi saylovi e'lon qilingunga qadar faoliyat körsatadigan 9766 fuqarolar yiğini huzuridagi işçi guruhlarning faol iştirokida amalga oşiriladi.
Şavkat Mirziyoyevning 2017 yil 3 fevraldagi "Mahalla institutini yanada takomillaştiriş çora-tadbirlari töğrisida"gi farmoni asosida fuqarolarning özini özi boşqariş organlari faoliyatini muvofiqlaştiriş böyiça tuman (şahar) ta'sis konferensiyalari ötkazişi belgilangan.
Şu maqsadda joriy yilning 15 mart - 1 aprel kunlari Toşkent şahrida Fuqarolarning özini özi boşqariş organlari faoliyatini muvofiqlaştiriş böyiça tuman kengaşlarining ta'sis konferensiyasini ötkaziş rejalaştirildi va yölga qöyildi.












