Iroq poytaxti Bağdodda terrorçi-xudkuş yuk maşinasida portlovçi qurilmani harakatga keltirdi. Buning oqibatida kamida 17 kişi halok böldi, 60 dan köproq odam jarohat oldi, deb xabar bermoqda Reuters axborot agentligi.
Axborot agentligining politsiyadagi manbalari ma'lumotlariga köra, terakt Bağdod janubidagi nazorat-ötkaziş punkti yonida sodir etilgan.
Politsiyada ma'lum qilinişiça, yuk maşinasi oldida boşqa maşinalar bölgan va ular portlaş vaqtida yonib ketgan.
Ayni vaqtda birorta terrorçilik guruhi uşbu hujum uçun javobgarlikni öz zimmasiga olmagan.












