Britaniyaliklarning yarmi Buyuk Britaniyaning Yevropa Ittifoqi tarkibidan çiqişi jarayoni boşlangandan xursand bölmoqdalar. Bundan Sky News telekanali tomondan 29 martda ötkazilgan sörovnoma natijalari darak bermoqda.
29 mart kuni Britaniya boş vaziri Tereza Mey Buyuk Britaniyaning Yevropa Ittifoqidan çiqiş jarayonini rasman boşladi. U Yevropa kengaşi rahbari Donald Tuskga bu haqdagi tegişli bildiriş xatini öz vakili orqali topşirdi.
"Bizning bugungi kundagi sörovnomamiz Brexit boşlangandan har ikkinçi britaniyalik xursand ekanligini, 36 foiz britaniyaliklar öksiyotganlarini va 14 foiz aholi his-tuyğularida betaraf qolganini körsatdi", deb ta'kidlab ötildi telekanalda.













