Dubay politsiyasi seşanba kuni keçqurun uç dengizçining hayotini saqlab qolib, qahramonlik körsatdi. Gulf News şu haqidagi ma'lumoti va videosi bilan bölişdi. 

Videoda  Dubay qutqaruv va transport politsiyasining boş boşqarmasi falokatga uçragan kemani topib, undagi dengizçilarning qutqarilişi namoyiş etilgan. 

Kema nazorati qöldan çiqarilganidan keyin bortdagi uç kişining barçasida nafas oliş bilan boğliq muammolar aniqlangan. 

Dengizçilar kemaning quvvat tizimi tösatdan işdan çiqişi tufayli portgaça yetib kela olişmagan. 

Dubay politsiyasi dengizçilarni qutqariş uçun vertolyot yöllagan va ularga birinçi tibbiy yordam körsatgan. Keyinroq dengizçilar "Raşid" şifoxonasiga yetkazilgan. 

"Bu murakkab missiya böldi, çunki kema Dubay qirğoğidan 12 mil uzoqlikda bölgan. Voqea joyiga vertolyotda yetib borgan qutqaruvçilar kemada qöniş maydonining yöqligini körgan. Biroq uçuvçi yaqin orada tuproq taşib ketayotgan kemaga közi tuşadi, bu dengizçilarni qutqariş uçun vertolyotni qöndirişga qulay joy edi", - dedi polkovnik Al-Mazruiy.

Kema bortidagi dengizçilardan biri 60 yoşli suriyalik ekanligi qayd etilgan, u yurak kasalligi tufayli qiyin ahvolda qolgan. Yana ikki kişi - 41 yoşli suriyalik va 33 yoşli misrlikning nafas oliş yöllarida ham muammolar  paydo bölgan. 

Ma'lum bölişiça, kema generatori işdan çiqqan bölgan. "Uçuvçi va qutqaruvçilarning tezkor harakatlari tufayli dengizçilarning hayoti saqlab qolingan", - deydi polkovnik.

2016 yilda Dubay politsiyasi 26 237 yer amaliyoti va 290 dengiz qutqaruv amaliyotini ötkazgan.