Eronning sobiq prezidenti Mahmud Ahmadinajod AQŞ jahonning yetakçi davlati sifatida tanazzulga uçraşini aytdi. U bu haqda EFE axborot agentligiga bergan intervyusida aytdi.

Ahmadinajodning aytişiça, Vaşingtonda "yangi uruşni boşlaşdan boşqa çora yöq, bu esa uning öz qudratini yöqotişiga olib keladi". Sobiq prezidentning fikriça, AQŞ "jadal sur'atlar bilan yöq bölişga qarab boradi, bu esa dunyoning turli nuqtalarida taranglik va ixtiloflar keltirib çiqaradi". 

Ahmadinajodning ta'kidlaşiça, AQŞ prezidenti Donald Trampning mudofaa byudjyetini oşirişga undovi "uruş e'lon qilişni" anglatadi. "Men AQŞ Osiyoning şarqida ham, ğarbida ham yangi uruş boşlamoqçi ekanligidan xabardorman. Tramp xalqiga içki masalalarga ustuvor ahamiyat berilişiga va'da berganiga qaramasdan, u bu masalalarni dunyoda muammolar yaratib, hal qilmoqçi", deb qöşimça qildi Ahmadinajod. 

Uning aytişiça, oxirgi yillar amerikalik siyosatçilar "butun dunyo böylab özlarining hukmronliklarini kengaytirişga va öz ortlaridan gegemonlikni saqlab qolişga urinib kelganlar". "AQŞning hukmronligi butun dunyoga yoyilgan. Şuning uçun uning tanazzulga uçraşidan köp narsalarni kutiş kerak", deb ta'kidlab ötgan Ahmadinajod.