Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev 29 mart kuni mamlakatimizga amaliy taşrif bilan kelgan Rossiyaning «Gazprom» kompaniyasi boşqaruvi raisi Aleksey Millerni qabul qildi. Bu haqda ÖzA xabar bergan.
Davlat rahbari mehmonni qutlar ekan, Özbekiston va Rossiya örtasida neft-gaz sohasida uzoq muddatli va özaro manfaatli hamkorlik yuksak darajada rivojlanayotganini mamnuniyat bilan qayd etdi.
Bugungi kunda dunyodagi yetakçi energetika kompaniyalaridan biri bölgan «Gazprom» Özbekistonda geologiya-qidiruv işlarini olib boriş va istiqbolli uglevodorod konlarini özlaştiriş böyiça yirik loyihalarni amalga oşirişda, şuningdek, tabiiy gazni eksportga yetkazib berişda faol iştirok etmoqda.
Rossiyaning uşbu kompaniyasi bilan hamkorlikda Ustyurtda ötkazilgan keng kölamli geologiya-qidiruv tadqiqotlari natijasida "Jyel" gaz kondensati koni oçildi. "Şaxpaxti" koni birgalikda özlaştirilmoqda. Hozirgaça u yerdan 3,5 milliard kub metr gaz qazib olingan.
Bundan taşqari "Gazprom" Hisor hududida konlarni örganiş va özlaştiriş, qöşimça neft gazlarini utilizatsiya qiliş, şuningdek, mamlakatimizning tarmoqdagi yetakçi loyiha instituti bölgan "ÖzLITIneftgaz» faoliyatini rivojlantirişga doir loyihalarni amalga oşirişda ham iştirok etmoqda.
Uçraşuvda Özbekistonda neft-gaz sohasini rivojlantiriş, jumladan, 2017-2021 yillarda uglevodorod qazib olişni köpaytiriş dasturi doirasida özaro manfaatli hamkorlikni yanada kengaytirişga qaratilgan istiqbolli loyihalar körib çiqildi.
Mutaxassislar tayyorlaş va ularning malakasini oşiriş borasida özaro hamkorlik masalalariga alohida e'tibor qaratildi.
"Gazprom" kompaniyasi boşqaruvi raisi Aleksey Miller Prezidentimiz Şavkat Mirziyoyevga samimiy qabul va hamkorlikdagi loyihalarni har tomonlama qöllab-quvvatlayotgani uçun minnatdorlik bildirdi, Özbekiston Respublikasi bilan keng kölamli hamkorlikni rivojlantirişga tayyor ekanini ta'kidladi.












