Janubiy Koreya sudi mamlakatning sobiq prezidenti Pak Kin Xeni hibsga oliş uçun order berdi. Bu haqda «Vesti. Ru» xabar tarqatgan.

Koreya Respublikasi prokuraturasi tegişli sörovni 27 mart kuni sudga yuborgandi.

Endilikda sud tergov tomonidan sobiq prezidentga qarşi ilgari surilgan ayblovlarni qabul qilgan. 

Sobiq davlat rahbari 13 iş böyiça ayblanmoqda. Ularning asosiysi poraxörlik va  mansab vakolatlarini suiiste'mol qiliş hisoblanadi.

Agar ayblar isbotlansa, unga 10 yilgaça qamoq jazosi tahdid soladi.

Ma'lumot uçun. Pak Kin Xe 2016 yilning oktabrida matbuot uning dugonasi Çxve Sun Silning firibgarliklarini yozib çiqqanida mojarolar markazida qoldi. Tekşiruvlar şuni körsatdiki, bir neça yil davomida Çxve Sun Sil davlat boşqaruvi işlariga aralaşib kelgan va siyosiy qarorlar qabul qilinişiga ta'sir ötkazgan. Pak Kin Xening dugonasi bir qator kompaniyalar, jumladan Samsung kompaniyasiga bosim ötkazgan, u şu maqsadda öz nazoratidagi fondga kompaniyalardan jami 70 million dollarga yaqin mablağ undirgan. Janubiy Koreya muxolifati sobiq prezident Çxve Sun Sil işlaridan boxabar bölganini bildirdi.

Ötgan yilning dekabrida Janubiy Koreya parlamenti prezident impiçmenti uçun ovoz berdi, şu yilning 10 martida esa bu qaror Konstitutsion sud tomonidan tasdiqlandi.