Telegram messenjeri ovozli qönğiroqlarni işga tuşirdi, ilovaning Android- va iOS-versiyalaridan audioqönğiroqlarni amalga oşiriş mumkin, biroq hozirça faqat Ğarbiy Yevropa aholisi uçun. Suhbatlar end-to-end şifrlaş tizimi bilan himoyalangan. Telegram rasmiy saytida şu haqida xabar berildi.
Manbaga köra, ilova sozlamalarida qönğiroq qilişi mumkin bölgan kişilarni çeklaş, şuningdek qönğiroq davomida sarflanadigan trafik miqdorini kamaytiriş mumkin.
Hozirça faqat muayyan bir foydalanuvçiga qönğiroqni amalga oşiriş mumkin, jamoaviy muloqotlarni yölga qöyiş haqida esa ma'lum qilinmagan.
2017 yilning 12 martida Telegram qönğiroqlar funksiyasining beta-versiyasini sinovdan ötkazişni boşlagani haqidagi xabar paydo bölgandi. Avvallari Pavel Durov qönğiroqlar funksiyasi yaratilişi mumkinligini aytgan bölsa ham, öşanda messenjer işlab çiqaruvçilari yangi funksiyaning yölga qöyilganiga izoh berişmagan edi.



















