Jurnalist Özbekiston terma jamoasida avlodlar almaşinuvi töğri olib borilmaganiga e'tibor qaratdi. Tribuna.uz saytida Temur Nizayev muallifligidagi «Temur va uning jamoasi» maqola naşr etildi. Quyida uşbu maqola özgartirişlarsiz keltiriladi.
... Özbek futbolining eng mehnatsevar va serğayrat yarim himoyaçilaridan biri Temur Kapadze mardona iş tutganini hali köp eslaymiz. Ikki yil oldin u terma jamoadagi faoliyatini yakunlaganini hamda yoş iste'dodli futbolçilarga örnini böşatib berganini e'lon qilgan edi. Özbekiston terma jamoasining boşqa veteranlari safdoşining bu işorasini ilğaşmadi şekilli, hali hamon terma jamoa libosini heç kimga bermay kelişmoqda...
Albatta, ular köp narsani körişgan, tajribasi möl, obrösi ham baland. Vatan uçun ança ter tökişdi. Ammo sport — şafqatsiz. Vaqti kelganda butsani mixga ilib, yoş avlodga joy böşatib beriş kerak.
Kapadzelar avlodi Braziliyada bölib ötgan jahon çempionati saralaşida qöyilgan maqsadga erişa olmadilar. Ulardan köp narsa kutgan edik. Axir bu avlodning yetakçilaridan biri Osiyoning eng yaxşi futbolçisi bölgan Server Jyeparov, yana biri Rossiya çempionatida özini körsatayotgan yuqori texnika va tezlik sohibi Odil Ahmedov edi-da...
Keyin Rossiyada ötkaziladigan jahon çempionati saralaş öyinlari boşlandi. Terma jamoamiz esa yana öşa-öşa Jyeparov, Ahmedov, Geynrix, Haydarov...lar bilan katta yölga otlandi. Vaholanki, ularning ortidan ösmirlar va yoşlar örtasidagi jahon çempionatlarida iştirok etgan bir qator iste'dodli yoşlar özini körsatib kelayotgan edi. Nega milliy terma jamoaga ular safidan oz, judayam oz futbolçilar çaqirildi? Iste'dod bir soat yo bir kunda sönib ketişi mumkin emas. Ularga imkon beriş kerak edi xolos!
Gap, menimça, futbolçilarni tanlab olişdagi öziga xos yondaşuvda yoki hozirgi boş murabbiy Sambel Babayan köp takrorlaganidek, “öz futbol falsafasini şakllantirişda”. Babayanning futbol falsafasi mohiyatini esa, hozirça özidan boşqa heç kim tuşunmayapti. Suriya bilan öyin buning yaqqol isboti.
Natija uçun öynab, qarzni qaytarişdi
Qatar bilan öyinda futbolçilarimiz natija uçun öynaşgani yaqqol bilinib turdi. Bunday öyinlar esa heç qaçon çiroyli bölmagan. Bunday öyinlar taqdirini köpinça birgina xato hal qiladi. Şuning uçun keça biznikilar ham, qatarliklar ham juda ehtiyotkorlik bilan harakat qilişdi. Tabiiyki, öz maydonida bunday zerikarli öyin namoyiş etiş muxlislarga aslo yoqmadi...












