Qonun hujjatlari ta'sirini baholaş tizimi portalida eksportni rağbatlantiriş va mahalliy tovarlarning taşqi bozorlardagi raqobatbardoşliligini ta'minlaşga qaratilgan loyiha joylaştirildi.

Norma.uz naşrida aniqlik kiritilişiça, joriy yilning 1 may kunidan e'tiboran quyidagilar taklif qilinmoqda:

1) Tovarlar (bundan yangi, quritilgan va qayta işlangan meva-sabzavot mahsulotlari, uzum va poliz mahsulotlari mustasno), işlar va xizmatlarni xorijiy valyutaga oldindan haq tölamasdan va bank akkreditivi oçmasdan, bank kafolatisiz va eksport kontraktlarini siyosiy va tijorat xavflaridan suğurtalaş polisisiz eksport qiliş. Buning uçun eksport kontraktining jami summasi ekvivalentda 100 ming AQŞ dollaridan oşmasligi, valyuta tuşumi esa  tovarlar (işlar, xizmatlar) haqiqatda eksport qilingan kundan boşlab 60 kun mobaynida tuşişi kerak.
 
Körsatilgan şartlarda keyingi eksportga faqat ilgari eksport qilingan tovarlar böyiça debitorlik qarzi qoplanib, muddati ötgan debitorlik qarziga yöl qöygan eksportyor taşkilot rahbari javobgarlikka tortilgandan söng yöl qöyiladi.
 
2) Prezidentning 10.10.1997 yildagi PF-1871-son Farmoniga 4-ilovada körsatilgan predmetlar va mahsulotlarni eksport qilişni faqat Hukumat qarorlari böyiça amalga oşiriş (ayni paytda ularni eksport qiliş Prezident yoki Hukumat qarorlariga köra ayrim istisnolarni  hisobga olgan holda taqiqlangan).
 
Ilovaning öziga volfram ruda va konsentrati (TIF TN böyiça kodi: 2611000000) kiritilmoqda. Qolgan 12 nomlaniş dastlabki tahrirda qolayotir.
 
Loyiha muhokama bosqiçida bölib, u özgartirilişi, töldirilişi yoki rad etilişi mumkin.