Bugun, 30 mart kuni Toşkent şahrida yoşlar va ösib kelayotgan avlodning intellektual salohiyatini oşirişiga yönaltirilgan ta'limiy va köngiloçar resurslardan iborat "ZiyoNET" tarif rejalarining joriy qilinişiga bağişlangan matbuot anjumani ötkazildi. "Kun.uz" muxbirining xabar berişiça, tadbirda Özbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantiriş vazirligi, "Özbektelekom" AK, Axborot xavfsizligini ta'minlaş markazi hamda UZINFOCOM markazi vakillari va jurnalistlar iştirok etişgan.
Zamonaviy internet texnologiyalari foydali jihatlar bilan birga yoşlar örtasida yot ğoyalarni tarğib qiliş, millatlar orasidagi kelişmovçiliklarni keltirib çiqariş, zöravonlik, ekstremizm va boşqa salbiy ta'sirlarni ommalaştiriş vositasi sifatida yoş avlod tarbiyasiga jiddiy ta'sir ötkazmoqda.
Ota-onalar farzandlarini bu kabi ta'sirlardan himoya qiliş uçun ularning internetdan foydalanişini çeklab qöyişni ma'qul körişadi. Buning natijasida esa bola internet tarmoğining foydali jihatlari - bilimlarini boyitiş, özini qiziqtirgan mavzularda tajriba almaşiş va ma'lumotlar oliş, bu yönalişdagi jahon hamda mahalliy miqyosdagi sönggi yangiliklar bilan tanişiş, şuningdek özidagi iqtidorni namoyiş etişga xizmat qiladigan ta'limiy resurslar, elektron kutubxonalardan foydalaniş imkoniyatidan ham mahrum böladi.
Internet tarmoğida yoş avlodga qulay, xavfsiz muhit yaratiş, ta'limiy resurslardan yagona nuqtadan foydalanişlarini taşkil qiliş orqali salomatlik va rivojlanişga salbiy ta'sir körsatuvçi axborot hamda kiberhujumlardan himoya qiliş maqsadida "Özbektelekom" AK tomonidan maxsus tarif rejalari turkumi va qöşimça xizmatlar joriy qilinmoqda. Xalqaro tajriba asosida tatbiq qilinayotgan tizim xavfdan xoli, foydali internet resurslaridan ommaviy foydalaniş imkonini beradi.
Xizmat va tariflarni işlab çiqişda 2006 yildan buyon ta'lim muassasalari, axborot-kutubxona markazlari, ilmiy, madaniy-ma'rifiy markazlar, ya'ni yuridik muassasalar imtiyozli ravişda ulanib kelgan "ZiyoNET" tarif rejasi asos qilib olingan.
Matbuot anjumanida "Özbektelekom" vakillari endilikda "ZiyoNET"ning maxsus tarif rejalariga jismoniy şaxslar ham ulanişi mumkinligini ma'lum qilişdi.
Mazkur tarif rejalari doirasida foydalanuvçi "ZiyoNET" tarmoğidagi Yagona axborot resurslari röyxatiga kiruvçi saytlardan foydalaniş imkoniga ega böladi. "Oq röyxat"dan ilmiy-ta'limiy, ma'naviy-ma'rifiy hamda bolaning yetuk va soğlom bölib voyaga yetişiga xizmat qiladigan boşqa milliy va xalqaro internet sahifalari örin olgan. Uşbu tarif rejalarini işlab çiqişda uning nafaqat yoşlar uçun foydali, balki körsatiladigan xizmatlarning hammabop - qulay narxda bölişiga ham alohida ahamiyat berilgan.












