Xalq deputatlari tuman Kengaşidagi ÖzMTDP guruhi Qaşqadaryo viloyatidagi Mirişkor tarixiy-etnografik muzeyi faoliyatini takomillaştiriş masalasini sessiyaga olib çiqdi.
Muzeylar Özbekiston tarixiga oid qadimgi toş yozuvlaru bitiklar, nodir qölyozmalar, noyob aşyolar, osori-atiqalarni saqlab kelayotgan ma'naviyat maskanlaridir. Mamlakatda muzeylar fondini boyitiş, ularning moddiy-texnik bazasini mustahkamlaş borasida amalga oşirilayotgan işlar yoş avlodni vatanga muhabbat, istiqlol ğoyalariga sadoqat va milliy qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiyalaşdek ezgu maqsadlarga xizmat qilmoqda.
Özbekiston Respublikasining “Muzeylar töğrisida”gi qonuni muzeylar faoliyatini qöllab-quvvatlaş va takomillaştiriş, ularda saqlanayotgan noyob eksponatlarni asrab-avaylaş, örganiş va tarğib etişda huquqiy asos bölmoqda. Mahalliy Kengaşlardagi ÖzMTDP guruhlari ham partiya saylovoldi platformasi ijrosini ta'minlaş yölida muzeylar faoliyatini takomillaştiriş, har tomonlama qöllab-quvvatlaş, moddiy-texnik bazasini mustahkamlaş, mavjudlarini ta'mirlaş kabi işlarga bevosita kömaklaşib kelmoqda.
Yaqinda xalq deputatlari Mirişkor tuman Kengaşi sessiyasida ÖzMTDP guruhi taşabbusi bilan Mirişkor tarixiy-etnografik muzeyi faoliyatini yanada takomillaştiriş masalasi muhokama etildi.
— Uşbu masalani sessiyaga olib çiqişdan oldin çuqur örgandik, partiya guruhi yiğilişida obdon muhokama qildik, — deydi xalq deputatlari Mirişkor tuman Kengaşidagi ÖzMTDP guruhi rahbari Nodirbek Nosirov. — Örganişlar jarayonida hududdagi Mirişkor tarixiy-etnografik muzeyi uzoq yillar davomida e'tibordan çetda qolgani, köplab eksponatlar şikastlangani va yemirilgani aniqlandi. Partiya guruhi muzey taşkilotçisi Omon Burxonov 32 yil davomida töplagan 700ga yaqin tarixiy osori atiqa, noyob buyumlar, qadimiy qölyozmalarni saqlab qoliş, muzey faoliyatini takomillaştiriş, uni kelajak avlodga bus-butun holiça yetkaziş va tarğib etişga kömaklaşiş zarurligi haqida xulosaga keldi.
Darhaqiqat, Mirişkor tarixiy-etnografik muzeyi tuman yoşlarini madaniy, tarixiy va badiiy merosimiz, umumbaşariy qadriyatlar, ötmiş, ilm-fan yodgorliklari, xalqimizning turmuş tarzi va an'analari, san'at asarlari bilan taniştirişda yagona muassasa ekanligi bilan ham muhim ahamiyatga ega. Muzeyda turli davrlarga oid noyob topilma va buyumlar töplangan. Ajdodlarimiz bundan bir neça ming yillar avval kundalik hayotda işlatgan iş qurollari, sopol, mis buyumlar, etnik kiyimlar, tangalar, qadimiy qölyozmalar, qoğoz pullar, zeb-ziynatu taqinçoqlar, çolğu asboblari şular jumlasidan. Uşbu nodir eksponatlar yoşlar dunyoqaraşini yanada kengaytirişga, ularning ötmiş tariximizdan boxabar bölişiga, qolaversa, partiya dasturiy maqsadlari ijrosiga xizmat qiladi.












