Zamonaviy tibbiyotning eng dolzarb muammolaridan biri - zarur qon guruhining yetarli miqdorda mavjud bölişi. Tibbiyot xodimlari uzoq vaqtdan buyon sun'iy qon oliş usulini işlab çiqişga harakat qilişmoqda. Bu çeklanmagan miqdordagi qon zahiralariga ega böliş imkonini berib, donor qoniga bölgan muhtojlikdan xalos qilardi. Ayniqsa, kamyob guruhdagi qonlarni oliş juda muhim. NewAtlas'da şu haqida xabar berildi.
Bugunga qadar ildiz hujayralari yordamida qon olişning tajriba usuli mavjud edi. Biroq jarayon miqdoriga köra çeklangan va juda qimmatdir.
Buyuk Britaniya olimlari katta miqdordagi sun'iy qon oliş muammosini hal qilişga yaqindan yondaşişga muvaffaq bölişdi. "Ölmas" eritrotsitlar qöllanganda çeklanmagan miqdorda qon oliş mumkin ekan.
Sun'iy qon qöllaşdagi keyingi bosqiç tajriba usullari asosida uning işlab çiqarilişini yölga qöyiş hisoblanadi. Bugungi kunga qadar tayyorlangan bir neça litr qon esa Soğliqni saqlaş milliy xizmatida klinik sinovdan ötadi.












