Microsoft kompaniyasi firma dökonlarida Samsung Galaxy S8 va S8+ smartfonlarini öz dasturiy ta'minoti örnatilgan holda sotişni rejalaştirmoqda.
Samsung Galaxy S8 Microsoft Edition telefoniga hozirdanoq buyurtma beriş mumkin. Buning uçun Microsoft kompaniyasining AQŞdagi çakana savdo dökonlariga murojaat qiliş lozim. Smartfonlarda Microsoft dasturiy ta'minotidan örin olgan ilova va xizmatlar mavjud böladi. Ularni foydalanuvçi Wi-Fi tarmoğiga ulanişi bilan yuklab, örnata oladi, deb yozmoqda DigitalTrends.
Aytiş joizki, Samsung Galaxy S6 va S7 telefonlariga Microsoft kompaniyasining ayrim ilovalari, xususan, Skype, OneDrive va OneNote kabilar örnatilgan edi. Ular S8 smartfonining oddiy namunasida ham böladi. Microsoft Edition modelida Outlook poçta xizmati va Cortana ovozli yordamçisi örnatiladi.
Texnik jihatdan Samsung Galaxy S8 Microsoft Edition bir qaraşda smartfonning Android namunasidan umuman farq qilmaydi.
















