“Odnoklassniki” ijtimoiy tarmoği internet-dökonlar va brendlarning mahsulotlari hamda xizmatlari namoyiş etilgan körgazma maydonçalarini sinovdan ötkazmoqda. Endilikda ijtimoiy tarmoqda Megogo va ShowJet xizmatlaridan filmlar hamda seriallarga, “Sportmaster”, “Media MarkEt”, “Clarins”lardan mahsulotarga buyurtma beriş imkoni mavjud. Yaqin kunlarda tovarlar körgazmasini namoyiş etiş imkoniyati barça guruhlar uçun yölga qöyiladi.
Körgazmaga guruh ma'murlari alohida mahsulotlar hamda tovar va xizmatlar turkumini qöşiş imkoniyatiga ega böladilar. Har bir e'lon uçun narx, ta'rif va sur'atlar qöşiş mumkin böladi. Şuningdek guruh ma'muri yangi mahsulotlarni töğridan töğri guruh yangiliklar tasmasida namoyiş etilişini sozlaşi mumkin.
Foydalanuvçilar guruhlarida çop etilgan e'lonlardan farqli ölaroq dökonlar mahsulotlari qöyilgan e'lonlar muddatsiz böladi. Guruhlarda mahsulotlarni joylaştiriş bepul.

“Odnoklassniki – şunçaki ijtimoiy tarmoq emas. U xizmatlar va ilovalar eko-tizimidir. Biz foydalanuvçilar Odnoklassnikida xamma kerakli narsalarni: döstlarni, qiziqarli kontentni, foydali mahsulotlar va xizmatlarni izlab topişlarini xohlaymiz. Bir neça oy oldin biz e'lonlar maydoniga işonçli qadam bosdik va mahsulotlar hamda xizmatlar sotiş xizmatini işga tuşirdik. Tajribamiz muvaffaqiyatli ötdi va biz xizmatga bölgan talabni kördik. Bizning bu yönalişdagi ikkinçi qadamimiz tizimni biznes vakillari, ayniqsa kiçik va örta biznes vakillari uçun moslaştiriş. Işonamizki, qulay xizmat ham xaridorlar, ham dökonlar uçun jarayonni yengillaştiradi va ijtimoiy tarmoqlarda biznesni yanada rivojlantirişiga yangi turtki beradi”, - deydi Odnoklassniki loyihasi rahbari Anton Fedçin.












