Ukraina prezidenti Pyotr Poroşenko Ukraina boş ştabi va mudofaa vaziriga 1 apreldan Donbassda öt oçişni töxtatişni buyurdi. Bu haqda Poroşenko matbuot kotibi Svyatoslav Tsegolko tvitterda ma'lum qildi. 

Hozirda Maltada bölgan Poroşenko ayirmaçilar yaraşuv sulhiga amal qilişlariga şubha bildirdi.

29 mart kuni Ukraina böyiça aloqa guruhi Minskda 1 apreldan Donbassda öt oçişni töliq töxtatişga kelişib olgandi.

Ayirmaçilar yaraşuv sulhiga amal qilişlarini aytişgan. Tan olinmagan "Lugansk xalq respublikasi" xalq militsiyasi rasmiy vakili Andrey Maroçko ayirmaçilar hozir javob öt oçişmayotganini va Minsk kelişuvlariga amal qilişayotganini ta'kidlab ötgan. Biroq uning aytişiça, 29 mart kuni erişilgan kelişuvlardan keyin Donbassda vaziyat keskinlaşgan va ukrainalik harbiylar tomondan öqqa tutişlar soni oşgan.