Bugun, 31 mart kuni Andijon viloyati Şahrixon tuman xalq deputatlari Kengaşining sessiyasi ötkazildi. Viloyat hokimi Şuhrat Abdurahmonov iştirok etgan sessiyada taşkiliy masala körib çiqildi.

Hokim viloyatda olib borilayotgan islohotlar va uning zamirida aholi farovonligi, uning yaşaş tarzini yuksaltiriş masalasi yotgani haqida ma'ruza qilgan.

Majlisda iştirok etgan «Kun.uz» manbasining ma'lumot berişiça, tuman hokimi Soliyev Odiljon işdan olinib, uning örniga şu vaqtgaça Paxtaobod tumanini boşqarib kelgan Hikmatullo Dadaxonov tayinlangan.

Dadaxonov Hikmatullo Vahoboviç 1976 yilda tuğilgan, 1998 yilda Andijon qişloq xöjalik institutini tamomlagan.

1998 yilda Andijon viloyati Izboskan tumanida çorvaçilik bölimi işçisi sifatida faoliyatini boşlagan Dadaxonov 2009-2015 yillarda Jalaquduq tumani hokimi örinbosari, 2015 yildan boşlab esa Paxtaobod tumani hokimi sifatida faoliyat körsatgan.

Ma'lumot uçun, Şahrixon tumani respublikadagi aholi eng ziç yaşaydigan ikki tumandan biri hisoblanadi (Aholining örtaça ziçligi 1 km2 ga 680 kişi).