Rossiya Federatsiyasi Taşqi işlar vaziri Sergey Lavrov 7 aprel kuni Özbekistonga keladi. Rossiya TIV rasmiysi Mariya Zaxarova brifing çoğida ma'lum qilişiça, u Toşkentda bölib ötadigan MDH TIV Kengaşi yiğilişida iştirok etadi.

Toşkentda bölib ötadigan mazkur yiğiliş 2017 yilda rejalaştirilgan Hamdöstlik oliy organlarining eng muhim yiğilişlaridan biri hisoblanadi.

Yiğilişda vazirlar davlatlararo hamkorlikni rivojlantiriş borasidagi keng miqyosdagi masalalar va Hamdöstlikka a'zo davlatlarning taşqi siyosiy yönalişlarini muhokama qilişadi. Şuningdek, kun tartibida turgan dolzarb taşqi siyosiy muammolar yuzasidan fikr almaşiş rejalaştirilgan.

Mustaqil Davlatlar Hamdöstligiga a'zo davlatlarning taşqi işlar vazirlari musulmon, xristian va boşqa din vakillariga nisbatan kamsitiş va toqatsizlik qilinişiga yöl qöymaslik haqida qöşma bayonot qabul qilişlari MDH TIVKning bölajak yiğilişi diqqat markazida bölişi kutilmoqda.

Kun tartibidan şuningdek, MDH maqomini mustahkamlaş böyiça amalga oşirilgan işlar, uning organlari iş samaradorligini oşiriş masalasi muhokamasi joy olgan.

Vazirlar huquqni muhofaza qiliş va gumanitar sohalardagi hamkorlik masalalarini ham körib çiqişi közda tutilgan.