Twitter mikrobloglar xizmati foydalanuçilar tvitga javob berayotganida ularning ismlari çeklangan 140 ta simvol tarkibiga kiritilmasligini e'lon qildi. Bu yöl bilan foydalanuvçilarga öz fikrini bildiriş uçun kengroq imkoniyat taqdim etilmoqda, deyiladi kompaniyaning rasmiy blogida.
Xizmatni işlab çiqqanlar köplab iltimoslar, şuningdek, auditoriya tadqiq etilganidan söng uşbu özgartirişni joriy qilişgan. Bunday yangilikni joriy qilişni kompaniya 2016 yildayoq va'da qilgan edi. Öşanda simvollar sonida fotosuratlar, video va gif-tasvirlar aks etmay qöygandi.
Twitter’dagilarning qöşimça qilişiça, havolalar hozirça avvalgidek, simvol sifatida qayd etib boriladi. Xizmat hozirça tvitlarni tahrirlaş imkoniyatini ham taqdim etganiça yöq.












