Suriyada IŞID terrorçilik guruhiga qarşi kuraşayotgan kurd va arab otryadlariga AQŞda işlab çiqarilgan qurol-aslaha yetkazib berildi. Qurol-aslaha IŞIDning Suriyadagi "poytaxti" deb hisoblanuvçi Raqqaga hujum oldidan yetkazildi.

Qurol-aslaha ortilgan transport karvoni Suriya şimoliga Iroq Kurdistonidan yetib kelgan. Karvonni bir neçta zirhli maşinalar va amerikalik harbiylar qöriqlab borgan, deb xabar bermoqda "Rudau" kurd telekanali.

Telekanal ma'lumotlariga köra, bu AQŞ suriyalik laşkarlarga yuborayotgan ikkinçi qurol-aslaha partiyasidir. Birinçi partiya yanvarda yetkazilgan. Öşanda kurd otryadlariga 10 ta zirhli maşina berilgan.   

Raqqani ozod qiliş böyiça operatsiya yaqin kunlarda boşlanişi kutilmoqda. Bu haqda 24 mart kuni Fransiya mudofaa vaziri Jan-Iv Le Drian ma'lum qilgandi.