Angliya premer-ligasining 30-turidan örin olgan dastlabki uçraşuv yakunlandi. Mersisayd derbi doirasidagi uçraşuvda «Liverpul» «Everton»ni öz uyida qabul qildi.
Uçraşuvning 8-daqiqasida Sadio Mane qizillarni hisobda oldinga olib çiqqan bölsa, 28-daqiqada Mettyu Pennington hisobni tenglaştirdi. Biroq oradan köp ötmay mezbonlar yana hisobda oldinga çiqib olişdi.31-daqiqada Filippe Koutino öz uslubida gol kiritdi.Ikkinçi bölimda aynan Koutinoning pasidan söng Divok Origi Robles darvozasini işğol qilib, yakuniy natijani jamoasiga taqdim etdi.
Uşbu ğalabadan keyin «Liverpul» hisobidagi oçkolar soni 59taga yetkazib oldi. Klopp şogirdlari ikki uçraşuv köp ötkazgan holda «Mançester Siti»ni ikki oçkoga ortda qoldirgan bölsa, «Tottenhem»ga tenglaşib oldi. «Everton» esa 50 oçko bilan 7-örinda qoladigan böldi.
Angliya premer-ligasi, 30-tur
Liverpul – Everton 3:1 (2:1)
Gollar: Mane (8), Koutino (31), Origi (60) – Pennington (28).
Liverpul: Minole, Matip, Klayn, Lovren, Koutino (Aleksander-Arnold, 74), Veynaldum, Firmino (Klavan, 90+1), Leyva, Mane (Origi, 57), Jan, Milner.
Everton: Robles, Pennington (Berri, 67), Uilyams, Jagelka, Beyns, Devis (Valensiya, 66), Guyye, Barkli, Holgeyt, Lukaku, Kelvert-Lyuin (Miralyas, 82).
Ogohlantirişlar: Devis (26), Barkli (40), Uilyams (62), Jan (68).












